O‘zbekistonda koronavirus: 23-dekabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital dlya lecheniya bolnix COVID-19
Gospital dlya lecheniya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana 135 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 76 315 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Zararli mamlakatlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan aviaaloqalarni chekladi?

Yana 135 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 76 315 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 4 nafari Andijon viloyatida,1 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida, 21 nafari Toshkent viloyatida, 103 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 73 589 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foiz.

Ayni paytda 2 114 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 168 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 612 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Qirg‘izistonda 200 o‘rinli shifoxona

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A. Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib qaytdi. O‘zbekiston delegatsiyasi Botken viloyati Qadamjay tumani Markaziy tuman kasalxonasida bo‘ldi.

U yerda Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev va Qirg‘iziston hukumatining boshqa vakillari ishtirokida shifoxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 78,0 milliondan oshdi, 1,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (18,0 mln), Hindistonda (10,1 mln), Braziliyada (7,3 mln).

Yangiliklar lentasi
0