Keksayganda aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usuli

Obuna bo‘lish
Ekspertlar aql va idrokni saqlab qolishning oson yo‘lini taklif etdilar – u MedicalXpress nashrida chop etildi.

TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Amerikalik olimlar keksaygan chog‘da aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usulini topdilar: tadqiqotchilar so‘zlariga ko‘ra, buning uchun kundalik ratsionda uglevodlar miqdorini kamaytirishning o‘zi kifoya.

Zabeg po chaynim plantatsiyam v Sochi - Sputnik O‘zbekiston
Britaniyalik olimlar uzoq umr ko‘rish sirini ochib berishdi

Qiziqarli tadqiqot jamoatchilik e’tiborini tortdi. Tadqiqotda 18 yoshdan 88 yoshgacha bo‘lgan insonlar ishtirok etishgan. Sinovdan o‘tayotganlar tomografiya yordamida miya skaneridan o‘tganlar va buning oqibatida qiziqarli xulosalar ma’lum bo‘lgan.

Medical Express nashrining yozishicha, Stouni-Bruk universiteti olimlari keksaygan chog‘da aql-idrokni saqlab qolish usulini topishgan: ma’lum bo‘lishicha, buning uchun iste’mol qilinadigan uglevodlar miqdorini kamaytirish lozim.

Tadqiqotchilar ikkita diyeta - kamuglevodli (keto-diyeta) va standart parhech bo‘yicha miya faoliyatiga baho berishgan.

Agar odatiy parhezning asosiy "yoqilg‘isi" glyukoza bo‘lsa, keto-diyeta ketonlar - ya’ni, yog‘li zaxiralarning parchalanishi oqibatida hosil bo‘ladigan va glyukozaga muqobil sifatida taqdim etiladigan mahsulotlarga asoslangan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ketonlar tufayli miya faolligi xazon bo‘lishining ilk belgilari faqatgina 47 yoshda o‘zini namoyon etgan, qarishning maksimal tezligi esa faqatgina 60 yoshda boshlangan. Shunisi qiziqki, keto-diyeta hatto yoshlarda miya faoliyatini faollashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0