Jizzaxda Rossiya tibbiyot universiteti filiali va klinikasi tashkil etiladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVozobnovlenie ochnogo obucheniya v Dalnevostochnom federalnom universitete
Vozobnovlenie ochnogo obucheniya v Dalnevostochnom federalnom universitete - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filialning ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Jizzax shahrida N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy tekshirish tibbiyot universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi filiali va filial klinikasi tashkil etiladi. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining tegishli qaror loyihasi muhokamaga qo‘yilgan.

Filial va filial klinikasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • respublikaning sog‘liqni saqlash sohasi tarmoqlaridagi muhim tibbiy-kasbiy va tibbiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali tibbiyot kadrlarni tizimli-uzluksiz xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya, farmatsiya va tibbiyotning boshqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • sog‘liqni saqlash sohasida tibbiyot kadrlari tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yangi ta’lim dasturlari hamda o‘qitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
  • tibbiy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini faol takomillashtirish;
  • klinikada, klinik, o‘quv va o‘quv-amaliyot bazalarida talabalar amaliy ko‘nikmalarini samarali o‘zlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • tibbiy ta’lim hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyati bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Filial tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda o‘qitishning SSV bilan kelishilgan asosiy bakalavriat yo‘nalishlari (magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari) bo‘yicha barcha darajalardagi mutaxassislarni, shu jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

Filialda o‘qitish rus tilida, Rossiya ta’lim standartlariga muvofiq O‘zbekiston SSV bilan kelishilgan holda bosh muassasa tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlarga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filialning ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.

Yangiliklar lentasi
0