Dunyoda koronavirusning “oyog‘i yetmagan” qit’a qolmadi

© Sputnik / G. Koposov / Mediabankka o‘tishAntarktida
Antarktida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusdan xoli yagona qit’a Antarktidada Chili stansiyasida koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Antarktidaga ham koronavirus yetib bordi. Shu tariqa u koronavirusdan xoli yagona qit’a maqomini yo‘qotdi. Bu haqda Avstraliyaning ABC telekompaniyasi xabar qilmoqda.

Xeneral-Bernardo-O'Xiggins Chili stansiyasida 36 kishining tahlil natijalari musbat chiqqan.

Shipi koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tikanlari qanday bo‘ladi - yuqori aniqlikdagi surat

“The Guardian” nashri xabariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlarning 26 nafari harbiy xizmatchilar, yana o‘n nafari stansiyada xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar. Ularning barcha Chiliga evakuatsiya qilingan. Shifokorlarning ularning ahvolini yaxshi deb baholamoqda. Bazaga transport xizmatini ko‘rsatgan kema jamoasining uch nafari ham koronavirusni yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan. Ularning tahlillari Antarktidadan qaytgan reysdan keyin olingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 77,8 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 54,6 milliondan ziyod tuzalib ketgan. 1,7 milliondan ortiq kishi kovid qurboniga aylangan.

Xeneral-Bernardo-O'Xiggins  Chilining Antarktikada faoliyat ko‘rsatayotgan 13 ta bazasidan biridir. U Antarktika yarim orolining eng shimoliy nuqtasi yaqinida joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0