TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Stenford universitetidagi SLAC laboratoriyasi olimlari koronavirus oqsil tikanlarining birinchi yuqori aniqlikdagi suratlarini chop etishdi.
At the Stanford-SLAC Cryo-EM Facility, scientists studied a mild-mannered relative of the virus that causes #COVID19. The research paves the way for seeing more clearly how spike proteins initiate infections, with an eye to preventing and treating them. https://t.co/71uWKMmwNq
— SLAC (@SLAClab) December 18, 2020
"Koronaviruslar tikanlar yordamida organizmga yuqadi, tikanlar hujayralardagi retseptorlari bilan bog‘lanadi. Virus juda faol va uni o‘rganish uchun xodimlarning xavfsizligini ta’minlaydigan bir nechta laboratoriyalar mavjud", - deyilgan xabarda.
Mutaxassislar koronavirus tikanini suratga olish uchun yengilroq NL63 shtammidan foydalandilar. Komponentlarning tabiiy joylashishini buzmaslik uchun ular viruslarni muzlatib qo‘ydilar va elektromagnit uskuna yordamida minglab surat oldilar va keyinchalik ularni birlashtirdilar.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy boshida Saudiya Arabistoni podshohi Abdulloh nomidagi fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D-modelini ishlab chiqishgandi.