Qozog‘istonda Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish boshlandi

© Ofitsialniy sayt premyer-ministra KazaxstanaV Kazaxstane nachato proizvodstvo vaksini "Sputnik V"
V Kazaxstane nachato proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat bosh vaziri Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi bilan ommaviy emlash 2021-yil fevralida boshlanishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Qozog‘istonda koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Proizvodstvo vaksini - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi sinovlari boshlandi: birinchi bo‘lib kimlar emlandi

Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin Qarag‘anda farmatsevt majmuasiga tashrif buyurib, “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘l qo‘yishni boshlab berdi.

Vaksina Qozog‘iston va Rossiya rahbarlari Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin o‘rtasidagi erishilgan kelishuvlar doirasida ishlab chiqarilmoqda.

Mazkur majmuada bosqichma-bosqich 2 million doza vaksina ishlab chiqariladi.

“Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi bilan ommaviy emlash 2021-yil fevralida boshlanadi”, - dedi Asqar Mamin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda ixtiyoriy ravishda tibbiyot xodimlari, pedagoglar, talabalar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda surunkali kasalliklari bor xavf guruhiga kiruvchilar emlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston dunyoda birinchilardan bo‘lib ro‘yxatga oolingan koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishga hozirlik ko‘rayotgani xabar qilingan edi.

O‘zbekistonga ham COVID-19ga qarshi "Cputnik V" vaksinasi namunalarini olib kelingan. Namunalar ular sinovlardan o‘tkazilishi uchun O‘zbekiston tomoniga topshirilgan. Shundan so‘ng vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilishi va O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0