O‘FA O‘runov to‘g‘risidagi ayblovi uchun rossiyalik murabbiyga chora ko‘rishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishSergey Yuran
Sergey Yuran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“SKA-Xabarovsk” futbol klubi bosh murabbiyi, sobiq futbolchi Sergey Yuran “Match Premyer” telekanaliga bergan interyusida Oston O‘runov o‘z yoshini kichraytirganini iddao qilgan edi.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rossiyalik murabbiy Sergey Yurandan mamlakat milliy terma jamoa a’zosi va Moskvaning “Spartak” klubi o‘yinchisi Oston O‘runov haqidagi so‘zlarini isbotlashni yoki butun o‘zbek futboli jamoatchiligidan rasmiy ravishda uzr so‘rashini talab qildi.

Oston Urunov - Sputnik O‘zbekiston
“Rubin” Oston O‘rinovga jiddiy qiziqish bildirmoqda

O‘FA bayonotida keltirilishicha, “SKA-Xabarovsk” futbol klubi bosh murabbiyi, sobiq futbolchi Sergey Yuranning O‘runovning yoshi 4-5 yilga katta ekanligi haqidagi so‘zlari butun o‘zbek futboli jamoatchiligini hayron qoldirgan.

Assotsatsiya qit’ada yosh kichraytirish bilan bog‘liq muammolarni oldini olish uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qo‘yilgan talabga muvofiq O‘runov bir necha bor Magnit-rezonans tomografiyasidan (MRT) o‘tkazilganini ta’kidlagan. Tahlil xulosasiga ko‘ra futbolchining OFK tasnifiga kiruvchi musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilgan.

Oston Urunov - Sputnik O‘zbekiston
Oston O‘runov debut golini urgan o‘yinda “Spartak” yirik hisobda g‘alaba qozondi

O‘FA rossiyalik murabbiy haqiqatdan bexabar va o‘zbek futbolidagi hozirgi vaziyat to‘g‘risida umuman tasavvurga ega emas deb hisoblaydi. Nafaqat O‘FA, balki O‘zbekiston hukumati ham futbolchilarning yosh kichraytirish bilan bog‘liq muammolarga qarshi kurashishda barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda. Istisnosiz barcha futbolchilarning hujjatlari, ularning yoshligidan boshlab, shu jumladan Respublikaning vakolatli organlari tomonidan o‘rganiladi va tekshirib boriladi.

Ta’kidlanishicha, Oston O‘runov nafaqat mamlakat, balki butun Osiyodagi iqtidorli va istiqbolli futbolchilardan bir hisoblanadi. Futbolchiga Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi qiziqish katta.

“Yuranning o‘ylamay aytgan so‘zlari Oston O‘runovning obro‘siga putur yetkazadi hamda butun O‘zbekiston va Osiyodagi futbolchilarni tayyorlash tizimiga soya soladi. Sobiq futbolchi Sergey Yuran uning so‘zlari tufayli futbolchiga qanday ma’naviy zararni yetkazib qo‘yganini anglolmasa ham kerak. Ko‘rinishidan odob-axloq, to‘g‘riso‘zlik va o‘zi kabi futbolchilar bilan birdamlik tushunchalari Yuran uchun begonaga o‘xshaydi”, - deyilgan bayonotda.

Assotsiatsiya rossiyalik murabbiydan isbot-dadil talab qilgan yoki O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda butun o‘zbek futboli jamoatchiligidan rasmiy ravishda uzr so‘rashini talab qilgan.

“Biz Sergey Yuranning bayonotini asossiz va mas’uliyatsizlik deb hisoblaymiz hamda Oston O‘runovning yoshi bo‘yicha aytgan ayblovlari uchun darhol aniq dalil-isbot keltirishini talab qilamiz. Bundan tashqari ushbu mutaxassis Oston O‘runov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda butun o‘zbek futboli jamoatchiligidan rasmiy ravishda uzr so‘rashini talab qilamiz”, - deyilgan O‘FA rasmiy bayonotida.

Shuningdek, assotsiatsiya Rossiya futbol ittifoqi (RFS) Etika qo‘mitasini ushbu holatni sinchkovlik bilan o‘rganishga hamda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runovga, o‘z navbatida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi obro‘siga putur yetkazadigan ayblov bilan chiqish qilgan Sergey Yuranga chora ko‘rishga chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0