“Rubin” Oston O‘rinovga jiddiy qiziqish bildirmoqda

Obuna bo‘lish
Qozonning “Rubin” klubi bosh direktori O‘runov transferi bo‘yicha “Spartak”ka taklif yuborilganini ma’lum qilgan.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Qozonning “Rubin” klubi “Spartak” yarim himoyachisi o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runovga qiziqish bildirmoqda. 

“Rubin” bosh direktori Rustem Saymanov Sport24 nashriga bergan intervyusida O‘runov transferi bo‘yicha “Spartak”ka taklif yuborilganini ma’lum qilgan.

Avvalroq “Rubin”dan taklif olinganini “Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov xabar qilgandi.

Futbol. RPL. Match Krasnodar – Ufa - Sputnik O‘zbekiston
O‘runov: otam “Spartak”da o‘ynashimni orzu qilar edi

“Gazizovning “Rubin” “Spartak”ka O‘rinov bo‘yicha taklif yuborganini haqidagi so‘zlarini tasdiqlay olaman. “Rubin” bu futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Biz ”Spartak”ga o‘tishdan oldin Ufaga ham taklif jo‘natgandik. O‘runov baribir “Spartak”da o‘ynamaydi. Shuning uchun biz uni taklif qildik va bu oddiy taklif emas – u “Rubin” uchun zarur futbolchi”, - deydi Saymanov.

O‘rinov “Ufa”dan “Spartak”ka avgust boshida o‘tdi. Moskva klubi tarkibida 19 yosh xavbek sakkizta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. U futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi guruh bosqichining 1-turida “Rodina”ga qarshi bahda debut golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0