Iste’fo haqidagi qaror to‘g‘rimidi, buni tarix va vaqt ko‘rsatadi, dedi Jeenbekov

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov
Prezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iste’fo bergan davlat rahbari Qirg‘izistonni huquqiy maydonga qaytarish uchun qo‘ldan kelgan barcha harakatlarni amalga oshirishini aytdi.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov "Ala-Archa" davlat qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan JK yig‘ilishida o‘z iste’fosi haqida e’lon qildi.

Storonniki premyer-ministra Sadira Japarova na mitinge u gostinisi Issik-Kul v Bishkeke, Kirgiziya - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Parlamenti spikeri prezident vazifasini bajarishdan bosh tortdi

"Mana shu uch yil davomida menga ishonch bildirgan va qo‘llab-quvvatlagan barcha qirg‘izistonliklarga, birga ishlagan hukumatning barcha bo‘g‘inlariga, davlat va mahalliy organlariga, o‘z apparatimga, fuqarolik jamiyatiga va media sohasiga ulkan minnatdorligimni bildiraman. Mamlakat va xalq taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan yangi hukumatga muvaffaqiyatlar tilayman", - dedi Jeenbekov.

Parlamentariylar qarshisida qilgan chiqishi davomida Jeenbekov o‘zidan prezidentlik vakolatlarini sokit qilayotganini bildirdi.

Uning aytishicha, vaziyatni barqarorlashtirish uchun juda ko‘p ishlar amalga oshirildi, shu bilan birga ko‘pchilik, davlat uchun bunday murakkab bir vaziyatda prezident iste’fo berishga haqli emasligi haqida fikrlarni bildirgan.

Storonniki premyer-ministra Sadira Japarova na mitinge u gostinisi Issik-Kul v Bishkeke, Kirgiziya - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekovning iste’foga chiqish bayonotidan so‘ng Bishkek ko‘chalarida nimalar ro‘y bermoqda

"Ammo men uchun mamlakatimizning yaxlitligi, xalq birdamligi, jamiyatimizdagi totuvlik barchasidan ustun. Har bir fuqaro salomatligi, har bir yurtdoshimizning hayoti - men uchun eng qadrli. Men mamlakatimizdagi tinchlikni saqlash va jamiyatimizda parokandalik yuz bermasligi uchun prezident lavozimidan ketishga qaror qildim. Bu qaror to‘g‘ri edimi - buni tarix va vaqt ko‘rsatadi", - dedi Jeenbekov.

Jeenbekov Alloh va xalq oldida vijdoni pokligini aytdi, o‘tgan yillar davomida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan vaqtlarida orttirgan tajribani esa bundan keyin ham xalq manfaatlari yo‘lida ishlatish niyatidaligini ma’lum qildi.

Prezident nutqidan so‘ng JK deputatlari Jeenbekovni tik turgan holda olqishlashdi.

Yangiliklar lentasi
0