O‘zbekiston o‘yinda: ArMI-2021 qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
2021-Xalqaro armiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tashkiliy-qo‘mita a’zolari ishtirokida konferensiya onlayn formatda bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. 2021-Xalqaro armiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish  tashkiliy-qo‘mita a’zolari ishtirokida konferensiya onlayn formatda bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi "Zvezda" telekanali.

Bolelshiki raduyutsya pobede sbornoy Uzbekistana v konkurse Tankoviy biatlon - Sputnik O‘zbekiston
ArMI-2020: O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinni egalladi
ArMI-2021 22-avgustdan 4-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi. 95ta davlat O‘yinlarda qatnashish uchun taklif qilindi.

15 davlat hududida jami 34 ta xalqaro musobaqa o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda 20 ta mamlakat murojaat qilgan. ARMI-2021 bosqichlarini o‘tkazish uchun Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Vyetnam, Eron, Hindiston, Isroil, Xitoy, Qatar, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Rossiya, Serbiya, O‘zbekiston va Shri-Lanka davogarlik qilmoqda.

Uchrashuvda nafaqat ishtirokchi davlatlar sonini, balki armiya musobaqalari turlarini ham ko‘paytirish taklif qilindi.

ArMI-2021da 45 tadan ortiq mamlakatdan 260 ta jamoa qatnashishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston jamoasi 23-avgustdan 5-sentabrga qadar bo‘lib o‘tgan Xalqaro armiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, o‘zbek harbiylari qator yo‘nalishlarda rekord natijalarni qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0