Namanganda ayanchli YTH: olti kishi tiriklayin yonib ketdi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaStrashnoe DTP v Namangane uneslo jizni 6-ti chelovek, vklyuchaya troix detey
Strashnoe DTP v Namangane uneslo jizni 6-ti chelovek, vklyuchaya troix detey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan shahrida “MAN” yuk mashinasi va “Neksiya” to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida olti kishi, jumladan, uch bola qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Namangan viloyati Namangan shahrida “MAN” yuk mashinasi va “Neksiya” ishtirokida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTH 16-dekabr kuni soat 16:30larda shahardagi I.Karimov-Istiqlol ko‘chalari kesishgan "Fazo" chorrahasida sodir bo‘lgan. “MAN” yuk mashinasi haydovchisi A.A. harakatlanayotib chorrahadan N.M. boshqaruvidagi “Neksiya” bilan to‘qnashgan.

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaStrashnoe DTP v Namangane uneslo jizni 6-ti chelovek, vklyuchaya troix detey
Namanganda ayanchli YTH: olti kishi tiriklayin yonib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Strashnoe DTP v Namangane uneslo jizni 6-ti chelovek, vklyuchaya troix detey

To‘qnashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan. “Neksiya”da bo‘lgan 42 yoshli haydovchi N.M, uning 39 yoshli rafiqasi M.X., haydovchining 13, 10 yoshli farzandlari M.B. va A.B., yo‘lovchi bo‘lgan 34 yoshli G.Sh. va 7 yoshli M.Sh.lar hodisa joyida yonib ketib vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0