Karantinda suv ta’minoti uchun to‘lovlar 10 baravar kamayib ketdi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishChelovek moyet ruki.
Chelovek moyet ruki. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suv xo‘jaliklari xarajatlarini qoplash maqsadida Hukumat 61 milliard so‘m foizsiz ssuda ajratgan. Ushbu pullar kimoviy reagentlar sotib olish va ishchilar maoshini to‘lashga ishlatidadi.

TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Karantin vaqtida suv ta’minoti uchun to‘lovlar 10 baravar kamayib ketdi, deb xabar qilmoqda Moliya vazirligi. 

Schetchik vodi - Sputnik O‘zbekiston
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

O‘zbekistonda joriy etilgan karantin tartib ko‘plab korxonalar faoliyatini to‘xtatishiga hamda aholini o‘z uyida doimiy bo‘lishini talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida yuridik shaxslar tomnidan suvdan foydalanishni kamayishi, uy xo‘jaliklari tomonidan – ko‘payishiga olib keldi.

Aholini uzuluksiz ravishda suv bilan ta’minlash maqsadida suv ta’minoti xo‘jaliklari 15-martdan boshlab kuchaytirilgan tartibda ishlashga o‘tgan. Shuningdek, hukumat tomonidan taaluqli vazirliklar va muassasalarga kommunal xizmatlar uchun to‘lov kechiktirilganda foydalanuvchilarni ta’minotdan uzmaslik va ularga jarima yozmaslik tayinlangan.

Odatda, O‘zbekiston bo‘yicha suvdan foydalanish uchun kunlik to‘lovlar miqdori 3,1 milliard so‘m bo‘lsa, hozirgi kunda 0,3 milliard so‘mni tashkil qilmoqda, - deyilgan xabarda.

Bunday vaziyat, albatta suv ta’minoti tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Karantin davrida korxona samarali faoliyat olib borishi, ishchilarga o‘z vaqtida oylik maoshlar to‘lanishi, kimoviy tozalash vositalari sotib olinishi, olingan kreditlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilishi hamda elektr ta’minoti uchun hisob-kitob qilishga ta’sir qiladi.

Stroitelstvo domov v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Uy-joy kommunal sohasida boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi

Ushbu holatni inobatga olgan holda, Moliya hamda Kommunal-xo‘jalik vazirliklari karantin davrida suv xo‘jaligi sohasining zarur xarajatlarini qoplash maqsadida kerakli mablag‘ ajratishni so‘rab O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritdi.

Ushbu taklifga muvofiq O‘zbekiston Krizisga qarsh fondidan 61,4 milliard so‘m foizsiz ssuda ajratildi. Ushbu mablag‘ birinchi navbatda zarur bo‘lgan xarajatlarni – kimoviy reagentlar, ishchilar maoshi va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishda foydalaniladi.

Ushbu choralar aholiga karantin vaqtida ichimlik suvini uzuluksiz yetkazib berish, davlat tomonidan kafolatlanganini anglatadi.

 

Yangiliklar lentasi
0