Rossiya qizlarini o‘zbekistonlik yigitlarga turmushga chiqish holatlari ko‘paydi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishObruchalnie kolsa molodojenov
Obruchalnie kolsa molodojenov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar 2020-yilda bo‘lgan to‘ylar sonini tahlil qilishdi va har 10-nikoh - internatsional bo‘lgan, degan xulosaga kelishdi.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Bransk viloyatida qiziqarli tahlil o‘tkazildi. Mutaxassislar 2020-yilda bo‘lgan to‘ylar sonini tahlil qilishdi va har 10-nikoh - internatsional bo‘lgan, degan xulosaga kelishdi.

Molodojeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya diniy boshqarmasi musulmonlarga g‘ayridin ayollar bilan nikoh qurishni ta’qiqladi

5 333 ta nikohning 566 tasi rossiyaliklar va chet elliklar, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlar o‘rtasida bo‘lgan. Kelin yoki kuyov O‘zbekiston (19), Tojikiston (20), Qozog‘iston (9), Qirg‘iziston (3) davlatlaridan kelgan.

Shuningdek, Ukraina (244), Ozarbayjon (84), Belarus (75), Armaniston (37), Gruziya (5) fuqarolari Bransk viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan turmush qurishdi. Bundan tashqari, Latviya, Litva, Turkmaniston va Pridnestrovye Moldaviya Respublikasidan kelgan kishilar rossiyaliklar bilan niqoh qurishdi.

Branskdagi ZAGS idoralarida Isroil, Italiya, Albaniya, Vyetnam, Germaniya, Misr, Meksika, Pokiston, Serbiya, Chexiya fuqarolari bilan nikoh ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Biroq, 2020-yilda bunday nikohlar soni  juda kam.

RF fuqarolari nafaqat Bransk viloyatida, balki mamlakatning boshqa hududlarida ham chet elliklar bilan turmush qurish holatlari qayd etildi. Masalan, Moskvada. Ma’lumki, 2020-yil boshidan buyon poytaxtda yaqin va uzoq xorij davlatlaridan kelgan fuqarolar bilan 6 mingdan ziyod nikoh qayd etilgan bo‘lib, bu ro‘yxatdan o‘tgan nikohlarning umumiy sonining 15 foizini tashkil etadi.

Bundan tashqari, ko‘pincha internatsional juftliklar, bu yerda aynan kuyov chet el fuqarosi bo‘lgan. Biroq, chet ellik kelinlar ham kam emas.

Yangiliklar lentasi
0