Rossiya diniy boshqarmasi musulmonlarga g‘ayridin ayollar bilan nikoh qurishni ta’qiqladi

© PixabayMolodojeni, arxivnoe foto
Molodojeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ulamolar kengashi qaror qiladi: konfessiyalararo nikohlar, xususan, kofir ayollar bilan Rossiya hududida nikoh ta’qiqlangan", - deyiladi xulosada.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi musulmonlarning boshqa din vakillari bilan nikoh qurishini ta’qiqlash haqida xulosa chiqardi. Hujjat boshqarma saytida e’lon qilingan.

Soldat s avtomatom v odnoy iz ulis Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Joriy yilning eng mashhur so‘zi ma’lum qilindi

"Ulamolar kengashi qaror qiladi: konfessiyalararo nikohlar, xususan, kofir ayollar bilan Rossiya hududida nikoh ta’qiqlangan", - deyiladi xulosada.

Hujjatda shuningdek, istisnolar borligini, bu istisnolarni mahalliy muftiy yaxshi tushunishi kerakligiga aniqlik kiritilgan. Agar ayol Xudo borligini tan olsa, Iso Masih va Muhammadni Allohning elchilari sifatida qabul qilsa va Qur’on oyatlariga amal qilishga tayyor bo‘lsa, u holda, u musulmon erkak bilan nikoh qurishga haqli bo‘ladi.

"Shuni ta’kidlash joizki, islom olamining aksariyat obro‘li olimlari, ular orasida to‘rt mazxab teologlari bor, musulmon erkakning kofir ayol bilan nikohdan o‘tishi maqsadga muvofiq emasligi haqida fikrlarni bildirdilar", - deyiladi matnda.

Hujjatda aytilishicha, er-xotinning din va ma’naviy masalalarda o‘xshashligi ular baxtli hayot kechirishlarining muhim shartlaridan biri sanaladi.

Yangiliklar lentasi
0