Sirdaryolik tadbirkor o‘z raqibini yo‘q qilish uchun killer yolladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuz va bosh qismi grim qilingan biznesmen "jasadi"ning foto suratini ko‘rgan buyurtmachi killerga va’da qilingan pulning qolgan qismini bergan vaqtida ushlangan.

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Sirdaryolik tadbirkor o‘z raqibini yo‘q qilish uchun killer yollashga qaror qildi. U buyurtma qotillikni amalga oshirish uchun muqaddam "bosqinchilik" jinoyati uchun sudlangan fuqaroning xizmatidan foydalanishga uringan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

XXII Olimpiyskie igri. Strelba, olimpiyskiy trap (transheyniy stend). Sleva napravo - bronzovaya medal Yorg Damme (GDR), zolotaya medal Luchano Djovanetti (Italiya), serebranaya medal Rustam Yambulatov (SSSR). - Sputnik O‘zbekiston
90-yillarda killer bo‘lishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

Xabarda aytilishicha, voqea dekabr oyi boshida ro‘y bergan.

Shaxsi sir saqlanishini so‘ragan fuqaro prokuraturaga ariza bilan murojaat qilib, tanishi -  tadbirkor J.Z. (1994 y.t., muqaddam sudlangan) uning muqaddam "Bosqinchilik" jinoyati uchun sudlanganligidan xabar topib, o‘ziga raqobatchi deb bilgan tadbirkor M.D.ni o‘ldirishga buyurtma berganini ma’lum qilgan.

Killerlik xizmati evaziga 5 ming AQSh dollari va’da qilingan. Taklifni rad qilgan taqdirda boshqa shaxslarni yollab bo‘lsa ham uni o‘ldirishini aytib, oldindan ming AQSh dollari bermoqchi bo‘lganligini ma’lum qilgan.

Arizachi uni jinoyat sodir qilishga undayotgan J.Z.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mujchina s orujiyem v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida erkak sobiq xotinini o‘ldirish uchun “killer” yolladi

2020 yil 10-dekabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda arizachi Guliston shahrida joylashgan qabriston yaqinida tadbirkor M.D.ni qotillik alomatlari bilan yotgan, yuz va bosh qismi grim qilingan jasadi va uni vafot etgani sun’iy ravishda yaratilgan foto suratini ko‘rsatgach, buyurtmachi tadbirkor J.Z. Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasi hududida unga 4 ming AQSh dollarini bergan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan J.Z.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi J.Z. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0