"Rus tilini o‘rgatishadi": RUDN o‘qituvchilari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

© Sputnik / Petr Chernov / Mediabankka o‘tishZdanie RUDN v Moskve
Zdanie RUDN v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetidan kelgan 5 nafar o‘qituvchi Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun rus tili darslarini o‘tishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)ning yana 5 nafar o‘qituvchisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, Rossiyada ishlash istagidagi bo‘lgan va ushbu davlatda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga rus tilini ishchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qitish, o‘quv markazlaridagi rus tili sinflari uchun o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Zdanie RUDN v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda RUDN vakolatxonasi ochildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolarni rus tili va zaruriy kasblarga tayyorlash, Rossiya tarixi, qonunchiligi va rus tili bo‘yicha imtihon topshirib, sertifikatga ega bo‘lish imtiyozlarini yaratish, Vazirlik tasarrufidagi o‘quv markazlarida rus tili sinflari tashkil etilib, unga rus tili o‘qituvchilarini jalb qilish, tayyorlash, malakasini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 27-oktabridan Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti o‘quv dasturi asosida 500 nafar o‘qituvchini o‘qitish bo‘yicha bepul seminar o‘tkazilib, sertifikatlar berilishi va ushbu o‘qituvchilar Vazirlik tasarrufidagi 25 ta o‘quv markazlarida tashkil etilgan rus tili sinflariga ishga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetidan kelgan 5 nafar o‘qituvchi Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, rus tili o‘qituvchilariga amaliy mashg‘ulotlar, Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun rus tili darslarini o‘tishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0