YeOIIning navbatdagi sammiti qayerda o‘tkaziladi

© Press-slujba pravitelstva / Sabir Ailchiyev Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto
Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari rahbarlari ittifoqning 2025-yilgacha bo‘lgan integrallashuv rivojlanish strategiyasini ma’qulladilar. Tafsilotlar - materialimizda.

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining (OYeIK) navbatdagi yig‘ilishi 2021-yilning may oyiga rejalashtirilgan, deb ma’lum qildi brifingda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) rahbari Mixail Masnikov, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev uchastvuyet v videozasedanii Visshego soveta YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekiston YeOIIga integrallashuvdan nimani kutayotgani haqida

"Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi taxminan kelgusi yil may oyida o‘tishi belgilangan bo‘lib, unda 2025-yilgacha strategiyani amalga oshirish rejalari, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar va boshqa ko‘plab boshqa masalalar bo‘yicha hisobot berishimiz kerak bo‘ladi", - dedi u.

YeIK rahbarining o‘rinbosari Iya Malkina keyinroq brifing davomida yig‘ilish Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishini aytib o‘tdi.

Kuni kecha, juma kuni Masnikovich YeOII mamlakatlari rahbarlari 2025-yilgacha ittifoq integratsiyasi bo‘yicha rivojlanish strategiyasini tasdiqlashgani haqida xabar bergan edilar.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii VEES - Sputnik O‘zbekiston
Muhim qadam: Putin YeOIIda O‘zbekistonga kuzatuvchi-davlat maqomi berilishi haqida

Unda muhim "qo‘shimcha qiymat" mavjud - bu "ilgari integratsiya kun tartibida ko‘zda tutilmagan investitsiya va innovatsion faollikni oshirish, ittifoqning kooperativ va ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va uni zamonaviy dunyo taraqqiyotining muhim markazi sifatida shakllantirish bo‘yicha choralar va mexanizmlardir"

Hujjatda, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilmagan sohalar: ta’lim va fan, turizm, sport va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik mexanizmlarini aniqlashtirilgan.

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashiga 2021-yilning birinchi choragida strategik yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini tasdiqlash, a’zo davlatlar hukumatlari va YeIKga esa - hujjat ijrosini ta’minlash topshirig‘i berilgan.

Yangiliklar lentasi
0