“Qora beva”: Rossiyada o‘ta zaharli o‘rgimchaklar tarqalmoqda

Obuna bo‘lish
Rossiyaning Rostov viloyatida flora tarkibi sezilarli darajada o‘zgarmoqda. Iqlim o‘zgarishi va boshqa hududdan ko‘chib o‘tishi hisobiga qorakurt yoki “qora beva” deb ataladigan o‘rgimchaklarning yashash hududlari kengaymoqda.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiyaning Rostov viloyatida flora tarkibi sezilarli darajada o‘zgarmoqda. Iqlim o‘zgarishi va boshqa hududdan ko‘chib o‘tishi hisobiga qorakurt yoki “qora beva” deb ataladigan o‘rgimchaklarning yashash hududlari kengaymoqda. Bu haqda AiF nashri Rossiya Fanlar akademiyasining Janubiy ilmiy markazi mutaxassislari taqdim etgan ma’lumotlariga asosan xabar qildi.

Pauk-karakurt - Sputnik O‘zbekiston
Chimkent aholisiga qoraqurtlar hujum qilmoqda

Uning tarqalishiga inson faoliyati ham o‘z hissasini qo‘shmoqda: biologiya fanlari nomzodi Valeriya Staxevaga ko‘ra, bu o‘ta xavfli o‘rgimchaklar axlatxonalarda uchraydi, chunki u yerda ularga yem bo‘ladigan ko‘plab hasharotlar bo‘ladi. Odatda, o‘rgimchak odamga hujum qilmaydi, lekin u qo‘rqib ketsa, odamni chaqishi mumkin.

Qoraqurt yoki “qora beva” o‘rgimchagi asosan Markaziy Osiyo cho‘llarida, O‘rta-yer dengizi va Shimoliy Afrikada  uchraydi. Ko‘rinishidan qop-qora o‘rgimchakka o‘xshaydi, qorin qismida qizil dog‘lari bo‘ladi. Har 12 yoki 25-yilda ommaviy ko‘payish holatlari uchraydi. Qoraqurt chaqishidan uy hayvonlariga juda katta zarar keltirishi mumkin.   

Biologlar, shuningdek, boshqa jonzotlar - ilonlar, kemiruvchilar va qushlarning Rossiya hududiga ko‘chib o‘tishi haqida ma’lum qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0