Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan muloqot qildi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev priglasil Ilxoma Aliyeva v Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev priglasil Ilxoma Aliyeva v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar Janubiy Kavkazning butun hududida xavfsizlik va barqarorlik ta’minlanishiga umid bildirdilar.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev uchastvuyet v videozasedanii Visshego soveta YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekiston YeOIIga integrallashuvdan nimani kutayotgani haqida

Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yakunlangani bilan samimiy tabriklab, birodar mamlakatning do‘st xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi, deyiladi prezident matbuot-xizmati xabarida.

Tomonlar Janubiy Kavkazning butun hududida xavfsizlik va barqarorlik ta’minlanishiga umid bildirdilar.

Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Pandemiya bilan bog‘liq mushkul davrda mamlakatlarimiz bir-birini qo‘llab-quvvatlagani, bu esa ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va strategik hamkorlikning navbatdagi namoyoni bo‘lgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Azerbaydjanskaya armiya - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon ilk bor Qorabog‘dagi urushda yo‘qotgan qurbonlari sonini ochiqladi

Davlat rahbarlari o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat va qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va logistika, turizm va boshqa sohalarda yetakchi korxonalarning kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni faol ilgari surish muhimligiga alohida to‘xtaldilar. Tomonlar hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadal davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Suhbat yakunida O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari global va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Yangiliklar lentasi
0