O‘zbekiston va Qirg‘iziston avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtobusnaya ostanovka v Tashkente
Avtobusnaya ostanovka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat rasmiylari muloqoti doirasida mintaqaviy kun tartibini hisobga olgan holda ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish jihatlari batafsil va har tomonlama ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Farg‘ona shahrida Qirg‘iziston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artom Novikov bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi tashishni qayta boshlashni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Posev podsolnechnika v poselke Dvubratskom - Sputnik O‘zbekiston
So‘x aholisi uchun Farg‘onaning besh tumanida yer ajratiladi

 

Umurzakov va Novikov ko‘p qirrali sheriklik masalalari, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro aloqalarni kengaytirish bo‘yicha istiqbolli choralarni muhokama qildilar.

So‘nggi uch yil ichida o‘zbek-qirg‘iz tovar aylanmasi hajmi 5 barobardan ziyod o‘sib, pandemiya sharoitida ham ijobiy dinamikani saqlab qolgan. Tomonlar o‘zaro savdo hajmini yaqin kelajakda 1 mlrd dollar darajasigacha yetkazishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Shu nuqtayi nazardan, chegaraoldi savdo zonalarini, shuningdek, chegaraoldi viloyatlarda ulgurji tarqatish va agrologistik markazlarni yaratish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqilgan.

Tomonlar, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirgan, xususan, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi texnikasi, to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorliklarini qayd etganlar.

Rosselxoznadzor vvodit zapret na vvoz vsey rastitelnoy produksii iz Fergani - Sputnik O‘zbekiston
Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

Shu munosabat bilan kelishilgan loyihalarni va savdo, transport va o‘zaro investitsiyalar sohasida mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq amaliy choralarni o‘z ichiga olgan Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha Amaliy choralar rejasini ("Yo‘l xaritasi") ikki tomonlama ishlab chiqishni tezlashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasining yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish va savdo hamkorligini rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shma choralarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Hukumat rahbarlari darajasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning 9-chi yig‘ilishi doirasida Ishbilarmonlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish - ushbu choralar qatoridadir.

Transport sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi - tomonlar "XXR-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘l yo‘lagidan foydalanish masalasida yaqin hamkorlikni davom ettiradilar.

Samolet kompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonga Rossiyaning 8ta shahridan avia-qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Shuningdek, tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari orqali Xitoydan Yevropaga multimodal yuk tashish tizimida "Andijon-O‘sh-Irkeshtam-Qashg‘ar" avtomobil yo‘nalishidan samarali foydalanishni ta’minlash zarurligini ta’kidladilar.

Shu bilan birga, tomonlar kelishilgan avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi tashishni qayta boshlashni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Hududiy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy choralarga alohida e’tibor qaratildi - hududiy qo‘lamda yuzaga kelayotgan masalalarga tezkor munosabat bildirish va ularni hal qilishda o‘zaro yordam ko‘rsatish uchun ikki mamlakatning chegaraoldi viloyatlari rahbarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish mexanizmini yaratish dolzarbligi qayd etildi.

Ispolnyayushiy obazannosti premyer-ministra, perviy vitse-premyer-ministr Kirgizskoy Respubliki Artem Novikov  - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston bosh vaziri v.b. Artom Novikov Farg‘onaga kelyapti

Yig‘ilish doirasida mintaqaviy kun tartibini hisobga olgan holda ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish jihatlari batafsil va har tomonlama ko‘rib chiqildi, shuningdek, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ustuvor vazifalar belgilab olindi. Mintaqalararo faol hamkorlik qilish asosida investitsiya, savdo, tadbirkorlik va madaniy-gumanitar sheriklik sohalarida chegara oldi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. O‘zaro manfaatlar kesishmasining keng doirasini va iqtisodiy kooperatsiyaning yangi shakllarini o‘rnatish bo‘yicha istiqbolli g‘oyalar mavjudligini hisobga olgan holda, ustuvor tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi va qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish masalalarini ko‘zda tutgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mintaqaviy darajada kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakatning chegaraoldi viloyatlari ma’muriyatlari tomonidan alohida "Yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashining uchinchi yig‘ilishining Bayonnomasi imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0