So‘x aholisi uchun Farg‘onaning besh tumanida yer ajratiladi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishPosev podsolnechnika v poselke Dvubratskom
Posev podsolnechnika v poselke Dvubratskom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘xliklar uchun Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. So‘x tumani aholisi uchun Farg‘ona viloyatining 5 ta tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi. Bu prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Yer viloyatning Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida ajratiladi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
So‘x aholisi joriy yilda yer va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etildi

So‘x tumani hokimiga Farg‘ona viloyati hokimligi bilan kelishgan holda 2022 yil 1-yanvarga qadar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar uchun, istisno tariqasida, sug‘oriladigan yer maydonlaridan tashqari yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish huquqi beriladi.

Farg‘ona viloyati hududida markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlariga, shuningdek, sanoat korxonalarida yangi tashkil etilayotgan ish o‘rinlariga So‘x tumani aholisini keng jalb qilish belgilangan.

Farg‘onadan So‘xga kichik aviatsiya transportida qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Shuningdek, prezident tumanning ish bilan bandligi ta’minlanmagan aholisining bir qismini Toshkent shahrida yirik obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlariga tizimli ravishda jalb qilish vazifasini topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0