Mercedes-Benz Rossiyada 4 mingdan ortiq mashinani qaytarmoqda

© AFP 2023 / Johannes EISELE / AFP Prezentatsiya novogo Mercedes S-klassa
Prezentatsiya novogo Mercedes S-klassa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mercedes-Benz kompaniyasi Rossiyada 2016-yildan 2020-yilgacha sotilgan 4 355 dona Mercedes-Benz E-klass va CLS avtomashinalarini ta’mirlash uchun qaytarmoqda.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Mercedes-Benz kompaniyasi Rossiyada 2016-yildan 2020-yilgacha sotilgan 4 355 dona Mercedes-Benz E-klass va CLS (213, 238, 257) elektr tizimidagi nuqsonlar tufayli ta’mirlash uchun qaytarmoqda.

Rep-ispolnitel Morgenshtern - Sputnik O‘zbekiston
Morgenshtern “Mercedes”ini buxorolik yigitga topshirish uchun O‘zbekistonga uchib keldi

Xizmat ko‘rsatish markazlarida, chaqirilgan mashinalarning shinalari ta’mirlanib, alohida elektr simlari tortiladi. Barcha ishlar bepul amalga oshiriladi.

Bu yil kuzda birinchi aksiya emas, oktabr oyida Mercedes-Benz kompaniyasi amortizatorlar bilan bog‘liq nuqsonlar tufayli Rossiyadagi 10 ta GLE krossoverini qaytarishga qaror qilgandi. Servis aksiyasi 2019-yil may oyidan iyul oyigacha ishlab chiqarilgan avtomobillarni qamrab olgandi.

Yangiliklar lentasi
0