“Yaponchik” laqabli qonundagi o‘g‘ri nima sababdan o‘ldirib ketilgani ochiqlandi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishPoxoroni predprinimatelya Vacheslava Ivankova
Poxoroni predprinimatelya Vacheslava Ivankova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergov qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Rostislav Rassoxov qonundigi o‘g‘ri Vacheslav Ivankov (Yaponchik) o‘ldirilishining sabablarini ma’lum qildi.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Tergov qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Rostislav Rassoxov qonundigi o‘g‘ri Vacheslav Ivankov (Yaponchik) o‘ldirilishining sabablarini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

V Tashkente nachalos pervoe slushanie po delu ob ubiystve sportsmena Djamshida Kenjayeva v nochnom klube Aurum 898 - Sputnik O‘zbekiston
Kriminogen Toshkent: poytaxtda qotillik jinoyatlarining teng yarmini yoshlar sodir etgan
"Ivankovning o‘ldirilishining asosiy sababi - jinoyat tashkilotchisi, qonundagi o‘g‘ri Ilya Simoniy (Maxo)ning shaxsiy adovati bo‘lgan", - dedi u.

Rassoxovning so‘zlariga ko‘ra, 1980-yillarda jinoyat olamidagi avtoritetlari Irkutsk viloyatidagi koloniyalarda jazo o‘tayotgan vaqtda o‘rtasida ziddiyatlar boshlangandi.

Tergov qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosariga ko‘ra, texnik vositalar nomukammal bo‘lgani sababli qotillikni “issiq izlar” bo‘yicha fosh etish imkon bo‘lmadi. Keyinchalik, zamonaviy sud-tibbiyot vositalari va molekulyar genetika imkoniyatlari tufayli gumonlanuvchilar aniqlandi.

2009 yil iyun oyi oxirida Ivankov Moskvadagi “Tailand fili” restoranidan chiqayotgan vaqtda snayper tomonidan og‘ir yaralangan edi. Bir necha oy o‘tgach, jinoyi avtoritet vafot etdi.

2020 yil fevral oyida sud bu ishda ayblanuvchilardan biri - Murtaz Shadaniyani hibsga olish haqida qaror chiqardi (tergovga ko‘ra, u Ivankovni kuzatib yurgan), aprel oyida esa Ilya Simoniya qotillikning tashkilotchisi sifatida sirtdan hibsga olib, xalqaro qidiruvga berilgan.

May oyida Jambul Janashiyani hibsga olindi, u tergovga ko‘ra, qotillik sodir etilgan kuni qotillik sodir bo‘lgan joyda jinoyatchilar va tashkilotchilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlagan.

Qotillikda yana bir sherik - bu bir necha bor sudlangan Kaxa Gazzayev. 2017-yildan beri u boshqa jinoyati uchun jazoni o‘tamoqda.

Yangiliklar lentasi
0