Rossiya “EpiVakKorona” hujjatlarini JSSTga yubordi

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishVaksina "EpiVakKorona"
Vaksina EpiVakKorona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan koronavirusga qarshi “EpiVakKorona” vaksinasi borasidagi qarori kutmoqda.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Koronavirusga qarshi Rossiyaning “EpiVakKorona” vaksinasi hujjatlari 8-dekabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) yuborildi. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ma’lum qildi.

Vaksina ot koronavirusa EpiVakKorona - Sputnik O‘zbekiston
"Vektor" vaksinasi kimlarga mos kelishi ma’lum bo‘ldi

“8 dekabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga yana bir Rossiya vaksinasi “EpiVakKorona” hujjatlari yuborilgan edi. JSST qarorini kutapmiz”, - dedi Popova yangi koronavirus infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan konferensiyada. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek, Popova ming nafarga yaqin ko‘ngillilar ushbu vaksinaning birinchi komponentini olgani va ular sog‘lig‘i borasida shikoyat qilishmaganini ma’lum qildi.

Novosibirskning “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikkinchi Rossiya vaksinasi 14-oktabr kuni ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hozirda uning ro‘yxatga olinganidan so‘ng o‘tkaziladigan sinovlari o‘tkazilmoqda. Rossiya SSV 16-noyabr kuni “EpiVakKorona” vaksinasining 150 nafar 60 yoshdan yuqori ko‘ngillilarda va 18-noyabrdan uch ming nafar ko‘ngillilarda ushbu sinovlarni o‘tkazishga ruxsat berdi.

Yangiliklar lentasi
0