"Vektor" vaksinasi kimlarga mos kelishi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba Rospotrebnadzora / Mediabankka o‘tishVaksina ot koronavirusa "EpiVakKorona"
Vaksina ot koronavirusa EpiVakKorona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Vektor" vaksinasi yoshi kattalar va allergiyasi bor kishilarga ko‘proq mos keladi, chunki uning tarkibida tirk virus yoki uning fragmentlari yo‘q.

TOShKENT, 12 okt - Sputnik. Rossiya virusologiya va biotexnologiyalar markazi "Vektor" tomonidan ishlab chiqilgan vaksina yoshi kattalar va surunkali kasalligi bo‘lgan kishilarga ko‘proq mos keladi, dedi "Rospotrebnadzor" markazi direktori Anna Popova "Rossiyskaya gazeta"ga bergan intervyusida

"Bizning xulosamizga ko‘ra, GNS "Vektor" tomonidan ishlab chiqilgan vaksina katta yoshli, surunkali kasalligi bor  odamlarga ko‘proq mos keladi. Bu to‘liq sintetik vaksina bo‘lib, unda tirik oqsil yoki hech qanday virus fragmentlari yo‘q", - dedi Popova.    

Popova aytishiga qaraganda, vaksinada sun’iy yo‘l bilan olingan oqsil-tashuvchiga gen muhandisligi uslubi bilan yaratilgan uchta peptid ulangan. Ushbu birikma insonda koronavirusga qarshi immun javob uyg‘otadi. Vaksina mutlaq stabil va o‘zgarmas bo‘lib, insonda hech qanday allergik reaksiya qo‘zg‘amaydi. Bu vaksina sinovning har bir bosqichida hayvonlarda va odamlarda tasdiqlangan. 

Popova aytishga ko‘ra, ushbu vaksina sinovida uning o‘zi ham ko‘nggilli sifatida ishtirok etgan. Pollinoz allergiyasi bo‘lishiga qaramasdan - hech qandaya reaksiya sezmagan. 

Eslatib o‘tamiz, "Vektor" markazi tomonidan yaratilgan vaksina "EpiVakKorona" deb ataladi. Vaksina faqat sintetik oqsillardan iborat bo‘lib, unda susaytirilgan viruslar yoki ularning genetik materiallari yo‘q. 

Yangiliklar lentasi
0