Farg‘onadagi uchrashuv: O‘zbekiston va Qirg‘iziston nimalarga kelishib oldi

© Press-slujba pravitelstva KirgizstanaI. o. premyer-ministra Kirgizstana Artem Novikov i ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov
I. o. premyer-ministra Kirgizstana Artem Novikov i ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat o‘zaro savdo hajmini yaqin kelajakda 1 mlrd dollar darajasigacha yetkazishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. 8-dekabr kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artom Novikov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida joriy ko‘p qirrali sheriklik masalalari, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro aloqalarni kengaytirish bo‘yicha istiqbolli choralar muhokama qilindi.

Ispolnyayushiy obazannosti premyer-ministra, perviy vitse-premyer-ministr Kirgizskoy Respubliki Artem Novikov  - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston bosh vaziri v.b. Artom Novikov Farg‘onaga kelyapti

Ta’kidlanishicha, tomonlar o‘zaro savdo hajmini yaqin kelajakda 1 mlrd dollar darajasigacha yetkazish maqsadida uni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shma choralarni amalga oshirishga tayyor.

Shu nuqtayi nazardan, chegaraoldi savdo zonalarini, shuningdek, chegaraoldi viloyatlarda ulgurji tarqatish va agrologistik markazlarni yaratish istiqbollari qayd etildi.

Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirildi. Xususan, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi texnikasi, to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda yuqori salohiyatni qayd etdi.

Shu munosabat bilan kelishilgan loyihalarni va savdo, transport va o‘zaro investitsiyalar sohasida mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq amaliy choralarni o‘z ichiga olgan Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha Amaliy choralar rejasini ("Yo‘l xaritasi") ikki tomonlama ishlab chiqishni tezlashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasining yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish va savdo hamkorligini rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shma choralarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Zamestitel premyer ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston
Umurzoqov Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi bilan telefonlashdi

Transport sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Tomonlar “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l yo‘lagidan foydalanish masalasida yaqin hamkorlikni davom ettiradi.

Markaziy Osiyo davlatlari orqali Xitoydan Yevropaga multimodal yuk tashish tizimida “Andijon-O‘sh-Irkeshtam-Qashg‘ar” avtomobil yo‘nalishidan samarali foydalanishni ta’minlash zarurligini ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tomonlar kelishilgan avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi tashishni qayta boshlashni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Hududiy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy choralarga alohida e’tibor qaratildi. Hududiy qo‘lamda yuzaga kelayotgan masalalarga tezkor munosabat bildirish va ularni hal qilishda o‘zaro yordam ko‘rsatish uchun ikki mamlakatning chegaraoldi viloyatlari rahbarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish mexanizmini yaratish dolzarbligi qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0