TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artem Novikov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda QR vazirlar mahkamasi matbuot-xizmati.
Suhbat davomida Novikov koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari doirasida O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirgan.
"Suhbat davomida savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va ikki davlat hamkorligida ikki davlatning chegaraoldi hududlarida ishlab-chiqarish kooperatsiyasi, savdo-logistika markazlari, erkin-iqtisodiy zonalar qurish orqali savdo nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.
2020 yilning dekabrida chegara oldi viloyatlari rahbarlari kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishilgan. Bu yig‘ilish doirasida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni oshirish maqsadida savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini (yo‘l xaritasini) imzolash rejalashtirilgan.