TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Majburiy ijro burosi Toshkentda bir kunda qarzdordan 33,2 million so‘m aliment pulini undirdi.
MIB Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontoxur tumanlararo sudining 14.08.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan, karzdor Z.Inagamovdan undiruvchi N.Inagamova foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun 1/4 qismi mikdorida aliment undirish to‘g‘risida 06.09.2016 yildagi ijro hujjati kelib tushgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida MIB tuman bo‘limi davlat ijrochisi J.Sherkoziyev tomonidan 7-dekabrda qarzdor Z.Inagamovdan undiruvchi N.Inagamova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun 33.220.775 so‘m aliment puli to‘liq undirildi.
Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 29.08.2018 yilgi ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Ganiyevdan undiruvchi F.Ganiyeva foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor 2019-yildan ya’ni 24 oy davomida aliment to‘lovlarini to‘lamay kelgan.
MIB Uchtepa tuman bo‘limi va IIB JKB xodimlarining olib borgan harakatlari natijasida qarzdordan tezkorlik bilan 10.054.706 so‘m ikki yillik aliment pullari undirilib, 2 nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun undirib berildi.
Yana bir holat: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiniig 17.11.2011 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Sh.Dexqonbayevdan bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIB Sergeli tuman bo‘limi ish yurituviga 21.01.2012 yilda kelib tushgan.
Qarzdor ota uning nomida bo‘lgan barcha mol-mulklariga hamda O‘zbekiston hududidan xorijga chiqishiga cheklov qo‘yilganini biladi.
Sergeli tuman bo‘limi davlat ijrochisi A.Muxamedovning olib borgan ijro harakatlari hamda huquqiy tushuntiruvi natijasida qarzdor ota Sh.Dexqonbayev to‘g‘ri xulosa chiqarib, 1 nafar voyaga yetmagan farzandining 18 yoshgacha 73.000.000 so‘m aliment pullarini oldindan 7 600 AQSh dollari miqdorida to‘lab berdi. Bu bilan aliment ijro xujjatining ijrosi to‘liq ta’minlanib, ijro ish yurituvi tamomlangan.