“Mehr-3”: O‘zbekiston Suriyadan 100 ga yaqin fuqarolarni qaytardi

© MID UzbekistanaVlasti Uzbekistana vernuli iz Sirii pochti 100 sootechestvennikov
Vlasti Uzbekistana vernuli iz Sirii pochti 100 sootechestvennikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar vatanga qaytarildi.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita nazorati ostida “Mehr” operatsiyasining navbatdagi bosqichi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar Vatanga qaytarildi.

“Bu insonlar endilikda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan sog‘lomlashtirish muassasalariga joylashtirilib, issiq ovqat va kiyim kechak bilan ta’minlanadi. Mutaxassislar tomonidan tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatiladi”, - deyilgan xabarda.

GUVD Tashkenta rasskazalo o sudbe troix detey, vozvrashennix iz Iraka - Sputnik O‘zbekiston
Iroqdan olib kelingan 2 nafar nogiron bolalarni tog‘asi asrab oldi

Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ham tegishli ishlar amalga oshiriladi. Ta’kidlanishicha, kelgusida esa ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga to‘laqonli ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi Suriyadagi lagerlarga tashrif buyurgani va u yerda saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan ularni Vatanga qaytarish masalasini hal qilish uchun uchrashuvlar o‘tkazgani xabar qilingan edi.

Ilgari "Mehr-1" va "Mehr-2" insonparvarlik operatsiyalari amalga oshirilgan edi. 2019-yilda ushbu operatsiyalar doirasida Suriya va Iroqdan 220 nafar o‘zbek ayollari va bolalari O‘zbekistonga olib kelingan.

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan xalqqa yo‘llagan tabrigida yolg‘on va’dalarga aldanib, mamlakatdan chiqib ketgan va qurolli mojarolar bo‘layotgan Yaqin Sharq mintaqasida og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazayotgan fuqarolar, asosan ayollar va bolalarni mamlakatga qaytarib olib kelish bo‘yicha insonparvarlik tadbirlari davom ettirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0