Katirin: mehnat migrantlarisiz Rossiyada sanoat obyektlari turib qolmoqda

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishPrezident Torgovo-promishlennoy palati RF Sergey Katirin
Prezident Torgovo-promishlennoy palati RF Sergey Katirin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RF Savdo-sanoat palatasi rahbari Sergey Katirin Rossiyaga birinchi navbatda yuqori malakali mutaxassislarga kirishni osonlashtirish lozim, degan fikrda

Rossiya Savdo-sanoat palatasi rahbari Sergey Katirin RF hukumat raisi Mixail Mishustinga mamlakatga mehnat migrantlariga oilalari bilan kirishni soddalashtirishni so‘rab iltimos xatini kiritdi. SSP tashabbusi biznes hamjamiyati vakillari tomonidan bo‘lgan ko‘psonli murojaatlarga asoslangan.

Vo vremya pandemii ne tolko migrantam ne xvatalo Moskvi, no i Moskve — migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migratsiyasi: O‘zbekistonni Yaponiya va Janubiy Koreya kelajagi kutaptimi?

Katirin so‘zlariga ko‘ra, ushbu choralar birinchi galda yuqori malakati mutaxassislarga va ularning oila a’zolariga joriy etiladi. Ya’ni pandemiya boshlangunga qadar xarid qilingan murakkab texnologik jarayonlarni sozlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar va ularning oila-a’zolariga.

"COVID-19 davrida bizning mamlakatda hech kim kira olgani va bu uskunalarni ishga tushirgani yo‘q. Bizga kompaniyalar murojaat qilib, fors-major holatlari haqida aytishmoqda, ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uskunalar belgilangan muddatda o‘rnatilib, montirovka qilinib, sozlanishi kerakligi tufayli ular o‘z majburiyatlarini bajara olishmayapti. Mutaxassislar kelmagan, shu bois buni amalga oshirish imkoniyati yo‘q. Bizda bu kabi murojaatlar yetarlicha", - deb aytgan Katirin Sputnik Tojikiston nashri bilan suhbatda.

Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari kosmodromda ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

SSP rahbarining ta’kidlashicha, qurilish sohasidagi ish kuchi defitsiti tufayli sanoat obyektlari va investitsiyaviy loyihalar turib qolmoqda.

"Bu shunday bir holatki, bunda chindan yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj bor. Ammo bu mutaxassislar Rossiyaga yaqin davlatlar, Rossiya ko‘proq ushbu uskunalarni xarid qiladigan - Germaniya, Avstriya, Italiyadan", - deb qayd etgan RF SSP rahbari.

Katirin shuningdek, qurilish obyektlarida ishtirok etayotgan kadrlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston fuqarolari orasida mutaxassislar tayyorlanayotganini qo‘shimcha qilgan. Uning aytishicha, bu loyiha pilot loyiha bo‘lib, hozirda boshlang‘ich bosqichda.

"Biz hozir O‘zbekiston bilan ishni yo‘lga qo‘yishga harakat qilyapmiz, hamkorlikda RFga kirib kelishi mumkin bo‘lgan kadrlarni tayyorlayapmiz. O‘zbekiston fuqarolari o‘z yurtida til o‘rganib, tibbiy ko‘rikdan o‘tib, mutaxassislikka ega bo‘lib, so‘ngra RFga kirib kelishlari uchun", deb aytgan Katirin.

U ushbu amaliyot yaxshi natija bersa, bu Rossiyaga mehnat migrantlarini yo‘llayotgan boshqa davlatlarda ham qo‘llanilishi mumkinligini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0