Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, klinik sinovlar yaqin kunlarda boshlanadi. Shundan so‘ng mamlakat undan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining ishlab chiqaruvchidan sotuvga chiqariladigan yakuniy narxini tasdiqladi.
Vaksinaning narxi ikkita komponent uchun 1942 rublni (26,1 dollar) tashkil etadi. Besh dona ikki komponentli to‘plamdan iborat qadoq narxi 9710 rubl atrofida (130,7dollar) bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekistonga shaxsan COVID-19ga qarshi "Cputnik V" vaksinasi namunalarini olib kelgan edi. Namunalar ular sinovlardan o‘tkazilishi uchun O‘zbekiston tomoniga topshirilgan. Shundan so‘ng vaksina ro‘yxatdan o‘tkaziladi va O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.