TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko iqtisodiyot masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda hukumat oldiga barcha ishsizlarni ishga joylashtirish vazifasini qo‘ydi.
“Zudlik bilan ishsizlarni ishga joylashtirish bilan shug‘ullaninglar. Militsiya organlari bilan: kimni lozim bilsangiz jalb qiling. Zudlik bilan sandiroqlab yurgan ishoqmaslar ro‘yxatga olinsin va ular ishlashga majburlansin”, - dedi Lukashenko. Uning so‘zlaridan Sputnik Belarus agentligi iqtibos keltirgan.
Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora ommabop emas, lekin usiz ish bo‘lmaydi.
“Bugun ishlamayotgan, sanqib yurgan kishi – bu ko‘chadagi shunchaki “prostestun” emas, bu bizga har kuni, har hafta, har oy jinoyat tashlab qo‘yadigan bo‘lajak jinoyatchidir”, - dedi u.
Shuningdek, prezident davlat bu jinoyatlarni fosh qilish uchun “katta mablag‘” sarflashga majburligi, keyin qamoqqa tushgan shaxslarni saqlash uchun mablag‘ sarflashini ta’kidladi.
“Yana bir bor takrorlayman: barchani ishlashga majburlang, har bir kishining ishlashi kerak bo‘lgan bunday ishoqmaslar ro‘yxati bo‘lishi shart”, - deya xulosa qildi Lukashenko.