TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronga musulmonlar bilan munosabatlarda vositachilikni taklif qildi.
“Musulmonlar bizga hech qachon muammo tug‘dirmagan. Men musulmonlar barcha saylovlarda deyarli 100 foiz hukumat va meni prezident sifatida qo‘llab-quvvatlashganini tez-tez gapiraman. Yaqinda Fransiya prezidenti so‘z erkinligi va diniy his-tuyg‘ular haqida gapira boshlagan narsasini biz hech qachon o‘zimizga ep ko‘rmaymiz: mamlakatingda bu senga nima beradi, nega sen musulmonlarni tanqid qilishni boshlayapsan? Balki, unga u va musulmonlar o‘rtasida vositachilik lozimdir? Men unga bu yerda yordam bera olaman, chunki musulmonlar bilan munosabatlarim yaxshi”, - dedi Lukashenko. Uning so‘zlaridan Sputnik Belarus iqtibos keltirgan.
U dindorlar tuyg‘ulariga aralashish mutlaqo nomaqbul xatti-harakat ekanini ta’kidladi.
Qodirov Makronni “e’tiqodga malomat yog‘dirishni bas qilishga” chaqirdi
Avvalroq Emmanuel Makron u fransuz matbuotida Muhammad payg‘ambarga e’lon qilingan karikaturalar tufayli musulmonlarning tuyg‘ularini tushunishini, ammo bu karikaturalar nashri ortida hukumat emas, balki mustaqil OAVlar turganini aytgani xabar qilingan edi.