O‘runov: otam “Spartak”da o‘ynashimni orzu qilar edi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishFutbol. RPL. Match "Krasnodar" – "Ufa"
Futbol. RPL. Match Krasnodar – Ufa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvaning “Spartak” klubiga o‘tgan o‘zbekistonlik futbolchi bu otasining azaliy orzusi bo‘lganini aytdi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Kuni kecha Moskvaning “Spartak” klubi o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Yarim himoyachi yangi jamoasiga bergan birinchi intervyusida otasining azaliy orzusi ro‘yobga chiqqanini ma’lum qildi.

“Spartak” — eng sovrindor va xalq jamoasi. Otam shu klubda o‘ynashimni orzu qilar edi. Shamil Gazizovich meni O‘zbekistondan Ufaga olib keldi, imkoniyat berdi. Endi buni “Spartak”da oqlash kerak. “Spartak”ning muxlislari endi 35 millionga ko‘payadi”, - dedi O‘runov.

Sportchi Moskvaning qizil-oqlar klubi sharafini 20-raqam ostida himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov 2020-yil yanvar oyida 150 ming dollar evaziga Toshkentning “Lokomotiv” klubidan Rossiyaning “Ufa” klubiga o‘tgan edi. U klubning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Yangiliklar lentasi
0