Sputnik Estoniya bosh muharriri OBSEga OAVga bosim haqida so‘zladi

© Sputnik / Vadim AncupovRukovoditel Sputnik Estoniya Yelena Cherisheva
Rukovoditel Sputnik Estoniya Yelena Cherisheva  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Estoniya hukumati Rossiya ommaviy axborot vositalarini ta’qib qilib, demokratiya tamoyillariga rioya qilmayaptilar - Cherisheva Sputnik Estoniya bilan bog‘liq vaziyat haqida

TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. Estoniya hukumati Yevropaning turli tuzilmalari tomonidan berilgan tavsiyalarga quloq solmadi va o‘z faoliyatini minimal darajagacha cheklashga majbur bo‘lgan Sputnik Estoniyaga nisbatan munosabatini o‘zgartirmadi. Bu haqda nashr rahbari Yelena Cherisheva OBSEning inson huquqlari bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn-uchrashuvi qatnashchilariga so‘zladi.

Sergey Lavrov o situatsii so Sputnik Estoniya: eto vozmutitelno - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Estoniya atrofidagi vaziyat EI obro‘sidagi yana bir dog‘ bo‘ldi - Sergey Lavrov

Estoniyada so‘z erkinligi tamoyillarining yaqqol buzilishlari kuzatilmoqda, deb ta’kidladi jurnalist. Xususan, Cherisheva so‘zlariga ko‘ra, Estoniya hukumati Sputnik Estoniya tahririyatiga bosimning turli shakl va instrumentlaridan ochiqchasiga foydalanmoqda. 2019-yil oxirida respublika Politsiya va chegara xizmati departamenti barcha xodimlarga ultimatum qo‘yilgan xatlarni yubordi: agar jurnalistlar Rossiya agentligi bilan hamkorligini to‘xtatmasalar, ular "Yevropa sanksiyalariga rioya qilmaslik" moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar. Bu sanksiyalar ostida mamlakat hukumati 2014-yilda "Rossiya segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselovga nisbatan joriy etilgan cheklovlarni nazarda tutmoqda. Shu bilan birga, agentlikning o‘zi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Biroq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab tahdidlar tufayli nashr sayti favqulodda rejimda ishlamoqda, tahririyat xodimlari esa Sputnik Estoniya bilan shartnomalarni bekor qilishga majbur bo‘ldilar.

Redaksiya Sputnik Estoniya - Sputnik O‘zbekiston
Estoniyaliklar fikri: Sputnik faoliyati to‘xtatilishi - bu senzura

"Bu o‘zgacha fikrlashga qarshi kurashning eng yorqin namunasidir, - deydi Yelena Cherisheva. - Faqatgina Estoniya politsiyasi Rossiya davlat ommaviy axborot vositalariga nisbatan shaxsiy sanksiyalarni qo‘llashga yo‘l qo‘yadi".

Yelena Cherisheva, shuningdek, o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Sputnik Estoniya jurnalistlari atrofidagi vaziyat fonida, Estoniya bosh vaziri Yuri Ratas Estoniya demokratiyasini butun dunyoga namuna keltirganini eslatdi.

"Mening tushunimcha, u politsiya tomonidan jurnalistlarga nisbatan tahdidni demokratiya deb hisoblaydi. Nomaqbul OAVga nisbatan ochiqcha jazo choralari esa – so‘z erkinligining estoncha talqinidir", - deya ta’kidladi Cherisheva OBSE konferensiyasidagi o‘z nutqida.

Eslatib o‘tamiz, OBSEning matbuot erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir avval boshdan Estoniya pozitsiyasiga mutlaqo qarshi edi. 2019-yilning dekabr oyida Dezir Estoniya hukumatiga Sputnik Estoniyaga bosim o‘tkazmaslik chaqirig‘i bilan murojaat qilib, tahririyatga nisbatan kiritilgan cheklovlarni keraksiz, deya atadi. "Bu axborotning erkin oqimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin", - deb yozgan Dezir o‘zining Tvitterdagi sahifasida.

Redaksiya Sputnik Estoniya - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Estoniya jurnalistlari redaksiya bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatadilar

"Sizning so‘zlaringiz ulargacha yetib bormagani achinarli",- dedi Yelena Cherisheva Arlem Dezirga o‘z nutqi yakunida.

OBSEning Inson huquqlari bo‘yicha yig‘ilishi (HDIM) - bu Yevropada yiliga o‘tkaziladigan eng yirik anjuman bo‘lib, unda OBSEning 57 mamlakatlari delegatsiyalari, OBSE tuzilmalari vakillari, shuningdek, xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etadilar. Konferensiyada nutq so‘zlovchilar butun dunyo bo‘ylab OAV erkinligi, demokratiya va jurnalistlar xavfsizligi masalalarini muhokama qiladilar. Uchrashuv natijalari bo‘yicha ishtirokchilar eng dolzarb muammolarni yechimi bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadilar.

Bu yilgi yig‘ilish Albaniya boshchiligida koronavirus pandemiyasi munosabati bilan onlayn formatda o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0