TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Bugun Toshkentda Toshkent metallugiya zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev korxona O‘zbekiston iqtisodi uchun juda muhim ahamiyatga ega ekanini aytib o‘tdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
So‘z boshida prezident korxona qurilishida ishtirok etgan muxandis va ishchilarga hamda xorijiy xamkorlarga samimiy tashakkur bildirdi.
Prezident ushbu korxona O‘zbekiston iqtisodi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini, uning paydo bo‘lishi ko‘plab korxonalarga import o‘rnini bosuvchi mahsulot yetkazib berishini ta’kidladi.
“Qora metallurgiya sanoati O‘zbekiston iqtisodining eng zaif, rivojlanmagan nuqtasi edi. Yangi zavod miliy iktisodni metall mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi” – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu vaqtgacha metall prokati asosan asosan chetdan olib kelingan. Bu korxona yiliga 500 ming tonna rux va polimer koplamali temir maxsulotlari ishlab chikaradi. Bu esa respublikadagi 100 dan ortiq korxonalar ehtiyojini qondiradi. Hozirning uzida zavodga 10lab korxonalardan buyurtma kelib tushgan.
Undan tashqari respublikada faoliyat yuritayotgan tog‘-kon hamda kimyo va rangli metallurgiya kompaniyalari bilan yakin kooperatsiya o‘rnatiladi.
Shuningdek TMZ har bir chikarilayotgan maxsulot tannarxiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uning mahalliylashtirish darajasini oshiradi. Masalan tom yopish uchun ishlatidadiga maxsulotlar mahalliylashtirish darajasi 50% dan 90% gacha oshadi. Maishiy texnika ishlab chiqarishda 35 %dan 50 %gacha oshadi.
Ana shunday qilib iqtisodda texnologik zanjir paydo bo‘ladi. Bir yilda 400 millionlik import mahsulot tejaladi. Bularning hammasi YaIMga salmoqli hissa qo‘shadi, sanoat lokomotiviga aylanadi.
Korxona faoliyatining boshida xom-ashyo Rossiyadan olib kelinadi. Lekin keyinchalik TMZ xom ashyoni Bekobod korxonasida oladi. U yerda ham qiymati 800 mln dollar bo‘lgan korxona qurilgan. Uning maxsuloti TMZga baza bo‘lib xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘istonda 2 milliard tonna qora metall zahirasiga ega bo‘lga Tebinbuloq konida ham temir xom ashyosi ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish va u yerda ham ana shunday korxonalar qurish rejalashtirilgan.
Yangi korxonada 700ta ish o‘rinlari yaratiladi, turdosh tarmoqlar bilan birga esa - 5 mingta ish o‘rinlari yaratiladi.
Toshkent metallurgiya zavodida dunyoda eng zamonaviy va ekologik toza korxonalarda biri bo‘ladi. Bu yerda Rossiya, Germaniya, Italiya, Koreya va boshqa xorijiy davlatlardan olib kelingan uskunlar o‘rnatilgan.
Korxonada 4 pog‘onali avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgan. Undan tashqari korxona chiqindi gazlarini to‘liq ushlab qoladigan, okava suvlarni tozalaydigan tizimlar bilan jihozlangan.