TAShKENT, 4 dek — Sputnik. Rossiya Eksport markazi guruhining katta vitse-prezidenti "EKSAR" AJ bosh direktori Nikita Gusakov Toshkent metallurgiya zavodini ishga tushirish ikki davlat munosabatlarida qanday o‘rin tutishi haqida Sputnik O‘zbekistonga hikoya qilib berdi.
Gusakov aytishiga ko‘ra, TMZ O‘zbekiston sanoati uchun strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan korxonadir. Uning mahsuloti avtomobil, maishiy texnika va qurilish sohalari uchun juda kerak.
"Ushbu loyiha "EKSAR" va ROSEKSIMBANK AJ tomonidan amalga oshirilganidan biz xursandmiz. Toshkent Metallurgiya zavodi bu Rossiya "Metprom" davlat korxonasi tomonidan xorijda boshidan oxirigacha qurib bitkazilgan birinchi loyihadir. Unda Rossiya texnologik uskunalari va materiallaridan foydalanilgan. Xususan 30 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar va mingga yaqin ishchi kuchi.Ushbu loyiha kelajakda boshqa mamlakatlar uchun ham misol buladi", - dedi Gusakov.
Loyihani amalga oshirish uchun ROSEKSIMBANKning 164 millionov yevro kredit mablag‘i Rossiyada ishlab chiqilgan uskunalarni sotib olish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirildi.
Gusakov aytishiga qaraganda, Toshkent Metallurgiya zavodi O‘zbekiston va Rossiya orasida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi, chunki ayni damda O‘zbekistonda Rossiya metall prokati mahsulotlariga talab katta.
"Biz Toshkent Metallurgiya zavodining ishga tushirilishi kelajakda ikki tomonlama munosabatlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanishiga, O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida keng ko‘lamli investitsion loyihalar amalga oshirilishiga yordam beradi", - deb hisoblaymiz dedi Gusakov.
RES vitse-prezidenti aytishiga ko‘ra, 2019-yil oxirida Rossiya O‘zbekiston iqtisodiga sarmoya kiritgan eng yirik investorlardan biri edi. Kiritilgan jami investitsiyalar miqdori 9 milliard dollardan oshgan. Ushbu yil oxiriga qadar ushbu sarmoyalar miqdori yana 1,5 milliard dollarga (+15%) oshishi mumkin.
Shuningdek 2020-yilda O‘zbekiston va Rossiya orasida mahsulot ayirboshlash 20 %ga oshgan. Rossiyadan O‘zbekistonga eksport miqdori 25%ga oshgan.