TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Namibiya hukumati 170ta yovvoyi fillarni sotuvga chiqardi, deb xabar bermoqda jahon OAVlari.
Namibiya hukumati qurg‘oqchilik tufayli qo‘riqxonada 170 ta yovvoyi filni sotuvga qo‘ydi. Ta’kidlanishicha fillarning ko‘payib ketgani ham shunday qaror qabul qilinishida rol o‘ynagan.
Ta’kidlanishicha, fillarni kimoshdi savdosi orqali mamlakat xaridorlariga ham, chet elda ham sotish rejalashtirilgan. Asosiy talablardan biri, kimoshdi savdosining har bir ishtirokchisi hayvonlarni saqlash shartlari to‘g‘risida hujjatli kafolat taqdim etishi zarur. Bundan tashqari, ularning normal hayotini ta’minlash uchun zarur mablag‘ bo‘lishi kerak.
Chet elliklar fillarni o‘z mamlakatiga kiritishga ruxsat beruvchi bojxona hujjatlari taqdim etishi ham talab etiladi.
Namibiya Afrikaning janubidagi milliy qo‘riqxonalar va parklarda fillar uchun oziq-ovqat va suv yetishmovchiligiga duch kelgan yagona mamlakat emas. Masalan, Botsvana fillarini Angolaga ko‘chirish dasturini amalga oshirmoqda. Afrikaning tabiiy yashash muhitida yashovchi fillarning umumiy soni 350 tani tashkil etadi.