Filippinlarda jangchi xo‘roz politsiyachini o‘ldirdi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishPetuxi
Petuxi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda xo‘roz janglari mamlakatda pandemiya tufayli ta’qiqlangan. Politsiyachilar ushbu ta’qiqni buzgan joyda reydni amalga oshirayotgan bo‘lgan.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Filippinlarda jangchi xo‘roz uy jonivorlarining noqonuniy janggiga chek qo‘yishga uringan politsiyachini o‘ldirdi, deb xabar bermoqda ABS News.

Petushinie boi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida xo‘roz o‘yinini tashkil qilgan 120 nafardan ziyod shaxslar qo‘lga olindi

Hodisa o‘tgan dushanbada Shimoliy Samar provinsiyasida yuz bergan. Politsiya leytenanti Kristin Bolok noqonuniy tarzda uyushtirilgan xo‘roz janglariga qarshi reydda ishtirok etgan. "Oblava" vaqtida xo‘rozlardan biri politsiyachining chap oyog‘iga zarba bergan. Parrandaning oyog‘ida po‘latdan yasalgan shpora (pix) bo‘lgan. Oqibatda, politsiyachi oyog‘i son arteriyasi yirtilgan. Huquq posboni kasalxonaga yetib borguncha ko‘p qon yo‘qotish oqibatida vafot etgan.

Yuz bergan hodisadan so‘ng uch kishi hibsga olingan, yettita xo‘roz musodara qilingan. Uch nafar shaxs qochgan va qidiruvga berilgan. Qotil-xo‘roz taqdiri noma’lum.

Xo‘roz janglari - Filippinlarda eng ommabop bo‘lgan ko‘ngilochar voqealardan hisoblanadi. O‘yin g‘olibga katta pulllarni tikadigan muxlislar to‘dasini to‘playdi. Bunday janglarni litsenziyasi bor muassasalarda yakshanba va bayram kunlari uyushtirishga ruxsat berilgan. COVID-19 pandemiyasi vaqtida zo‘roz janglari butkul ta’qiqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0