Dmitriy Kiselov Latviyani jurnalistlarni ta’qib qilishni bas qilishga chaqirdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishGeneralniy direktor MIA "Rossiya segodnya" Dmitriy Kiselev
Generalniy direktor MIA Rossiya segodnya Dmitriy Kiselev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kiselev Sputnik va Baltnews mualliflariga qarshi qaratilgan harakatlarni YeI sanksiyalarining noqonuniy kengaytirilgan talqin etilishi, deya atadi

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. "Rossiya segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov Latviya hukumatini jurnalistlarni ta’qib qilishni bas qilishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Blijnee Zarubejye.

Zdanie MID Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
TIV Latviyada Sputnik va Baltnews jurnalistlarining hibsga olinishini keskin qoraladi

"Dmitriy Kiselov Sputnik va Baltnews mualliflariga qarshi qaratilgan harakatlarni YeI sanksiyalarining noqonuniy kengaytirilgan talqin etilishi, deya atadi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Latviyada Rossiyaning Sputnik Latviya va Baltnews portallari mualliflariga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan, deb xabar bermoqda Sputnik Blijnee zarubejye.

Davlat xavfsizligi xizmati tintuvlar o‘tkazib, YeI sanksiya rejimini buzganlik ayblovi bilan yetti kishini qo‘lga olgan. Qo‘lga olinganlarning barchasi "Rossiya segodnya" tarkibiga kiruvchi Sputnik Latviya va Baltnews shtatdan tashqari mualliflaridir.

Ayni vaqtda yuristlar yuzaga kelgan voqeaning yechimi ustida ishlashmoqda.

Sudning ayblov verdikti yangragan taqdirda, ularni jarimadan tortib, qamoq jazosigacha bo‘lgan jazo kutmoqda.

Qo‘lga olinganlar YeI sanksiyaviy rejimini buzganlikda gumonlanmoqda. YeI "Rossiya segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselovga qarshi sanksiyalar kiritgan. Latviya ushbu normani kengaytirgan holatda olmoqda, uni ta’sirini agentlikka qarshi ham qo‘llamoqda. Rossiyada ushbu sharh ahmoqonaligi haqida bir qancha ta’kidlar yangradi.

Yangiliklar lentasi
0