O‘FA Farg‘onadagi janjalli o‘yin yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMach
Mach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘FA hakamlarning faoliyati, ikkala jamoa futbolchilari va murabbiylarning hamda tomoshabinlarning xatti-harakati sinchkovlik bilan o‘rganib chiqmoqda.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi Farg‘onada “Neftchi” va “Turon” uchrashuvidan keyin ro‘y bergan janjal yuzasidan bayonot berdi.

Avvalroq Farg‘ona shahrida Pro liganing 20-turidan o‘rin olgan “Neftchi” (Farg‘ona) – “Turon” (Yaypan) uchrashuvi yakunida hakamlarga nisbatan qo‘pol va tajovuzkor munosabatda bo‘lib, ularga tan jarohati yetkazilgani xabar qilingan edi.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat bo‘yicha O‘FA mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzilgan va Farg‘onaga yetib borgan.

Draka - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onadagi futbolda ro‘y bergan janjaldan so‘ng olti kishiga qarshi jinoyat ishi ochildi

U yerda IIV hamda “Neftchi” – “Turon” uchrashuvining tashkiliy ishlariga mas’ul barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur uchrashuv yakunida yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.

“Bunda hakamlarning faoliyati, ikkala jamoa futbolchilari va murabbiylarning hamda tomoshabinlarning xatti-harakati sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Xabarda yaqin vaqt ichida surishtiruv ishlari yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onadagi futbolda ro‘y bergan janjaldan so‘ng olti kishiga qarshi jinoyat ishi ochilib, ular ushlangan edi. Bundan tashqari ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda ishtirok etgan 5 nafar shaxslarning harakatlarida huquqbuzarlik aniqlangan. Ular ma’muriy tartibda ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0