Astraxan viloyatida qaysi sohalarda migrantlarga talab yuqoriligi aytildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSbor urojaya klubniki
Sbor urojaya klubniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Astraxan viloyati xalqaro aloqalar agentligi rahbari Vladimir Golovkov mintaqadagi qaysi sohalarda xorijlik ishchilarga talab yuqoriligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Rossiyaning Astraxan viloyati xalqaro aloqalar agentligi rahbari Vladimir Golovkov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida mintaqadagi qaysi sohalarda xorijlik ishchilarga talab yuqoriligini ma’lum qildi.

- Astraxan viloyatida qaysi sohalarda migrantlarga bo‘lgan talab yuqori?

- Astraxan viloyatida agrosanoat sohasida migratlarga bo‘lgan talab eng yuqori. Qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarishning o‘ziga xosligini inobatga olib, bu yerda qo‘l mehnati ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Bu ko‘chat ekish, meva-sabzavotlar va kartoshka terimi. Mavsumda ishchi kuchiga bo‘lgan talab 20 minggacha yetadi. Qishloq xo‘jaligimiz hududlari yetarlicha ishchiga ega emas, shuning uchun mehnat resurslari yetishmasligi yaqin xorijiy mamlakatdan bo‘lgan mehnat migrantlari hisobiga to‘ldiriladi. Ishga joylashish uchun asosiy kasblar sabzavotchi va yordamchi ishchi sanaladi. Shuningdek, baliqni qayta ishlash korxonalariga ishchi kerak.

Stroitelstvo jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik ekspert migrantlar o‘ta yetishmayotgan sohalarni aytdi

Astraxan viloyatida yana kapital qurilish obyektlaridagi ishlar uchun mutaxassislarga talab bor. Bu bo‘yoqchi, suvoqchi, g‘isht teruvchi, betonchi, payvandchi va tosh teruvchilar.

Umuman olganda mintaqamizning har yilgi  xorijiy ishchi kuchiga bo‘lgan talabi 10 mingdan ziyod kishini tashkil etadi.

- O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekiston elchixonasi yoki boshqa idoralar bilan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining kelishi borasida kelishuvlar mavjudmi?

- Avvalo shuni ta’kidlamoqchimanki, Astraxan viloyatida mehnat migrantlarining umumiy soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallaydi.

Ishga joylashtirish mavzusi o‘zbekistonlik hamkorlarimiz bilan uchrashuv va muzokaralarimizda muhokama qilinadi. Noyabr oyining oxirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va O‘zbekiston Xorazm viloyatidagi hamkasblarimiz bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdik. Mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikka oid yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldik.

Vo vremya pandemii ne tolko migrantam ne xvatalo Moskvi, no i Moskve — migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar qadri: Moskvada pandemiya vaqtida qaysi ishchilar yetishmasligi yuzaga keldi

Bundan tashqari, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi delegatsiyasining Astraxan viloyatiga tashrifini tashkillashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz.
O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirishga qiziqish bildirayotgan Astraxan kompaniyalari vakillari bilan uchrashishni rejalashtirmoqdamiz.

- Pandemiya va cheklovlar sharoitida migratsiya masalalari, migrantlar kelishi va xavfsizlikni ta’minlashni qanday hal etish mumkin?

- Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi hududiga chet elliklar kirishi tartibi va qoidalarini belgilaydigan Rossiya qonunchiligi doirasida ish ko‘rmoqdamiz. Umid qilamizki, kelasi mavsum boshida yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashadi va biz korxonalarimizni zaruriy mehnat resurslari bilan ta’minlash uchun qanday choralar ko‘rish mumkinligini aniq bilib olamiz. Ayni damda biror bir taxminni aytish barvaqt.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Astraxan viloyati 2021-yilda qishloq xo‘jaligida ishlash uchun 10 ming nafar mehnat migrantlarini qabul qilishga tayyorligi xabar qilingan edi. Astraxan viloyatida qonuniy ishlaydigan mehnat migrantlari soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinda turadi. 

Yangiliklar lentasi
0