Rossiyalik ekspert migrantlar o‘ta yetishmayotgan sohalarni aytdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishStroitelstvo jilogo doma
Stroitelstvo jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada qurilish, chakana savdo, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda migrantlar yetishmasligi kuchli sezilmoqda.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar ta’sir ko‘rsatmagan qurilish, chakana savdo, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda migrantlar yetishmasligi kuchli sezilmoqda. Bu haqda tadbirkorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha Rossiya prezidenti huzuridagi vakilning maslahatchisi Anton Sviridenko ma’lum qildi.

Kuryeri slujb dostavki Delivery Club i Yandeks Yeda - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar kamayishi Peterburgdagi biznesga qanday ta’sir qildi

“Kuchli cheklovlar bo‘lgan yoki saqlanib qolinayotgan yoki talab tushib ketgan joylarda bu yil ham migrantlar mehnati talab qilinmayapti. Ammo ishlab chiqarish hajmi tushib ketmagan qurilish, chakana savdo, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda migrantlar yetishmasligi o‘ta kuchli sezilmoqda, chunki fuqarolarimizni muayan bir o‘rinlarni egallashga majburlashning imkoni yo‘q”, - dedi Sviridenko. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

U, kichik va o‘rta biznes ma’lumotlariga ko‘ra, ishsizlik o‘sishi va xodimlar soni qisqartirilishiga qaramay Rossiya fuqarolari baribir migrantlar o‘rnini egallashga rozi bo‘lishmaganini ta’kidladi.

Moskvada dvorniklar maoshlarini oshirish masalasi ko‘tarildi

Sviridenko migrantlar mehnati bir vaqtning o‘zida butun dunyo iqtisodiyoti uchun ham rag‘batlantiruvchi omil, ham muammo ekanini qayd edi.

“Bir tomondan, arzonroq ishchi kuchidan foydalanish biznesni rag‘batlantiradi, boshqa tomondan esa mamlakatning o‘zining fuqarolari bandligi imkoniyatini cheklaydi”, - deya tushuntirdi u.

Yangiliklar lentasi
0