Qozonda o‘zbekistonlik ikkinchi qavatdan yiqilib halok bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishStroitelstvo jilix domov
Stroitelstvo jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A.M. qurilish obyektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Tatariston poytaxti Qozonda o‘zbekistonlik fojiali vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Stroitelstvo jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarosi Krasnodarda balandlikdan yiqilib, vafot etdi

Mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining ma’lumotiga ko‘ra, 27-noyabr kuni 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A.M. qurilish obyektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushgan. Buning natijasida vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan. Fuqaroning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0