Yevropa komissiyasi O‘zbekistonga muddatidan oldin “GSP+” maqomini berdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishFlagi Yevrosoyuza u zdaniya shtab-kvartiri Yevropeyskoy komissii v Brussele
Flagi Yevrosoyuza u zdaniya shtab-kvartiri Yevropeyskoy komissii v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror tasdiqlanishi bilan O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari YeI mamlakatlariga eksport qilishlari mumkin bo‘lgan tovar pozitsiyalarining soni 6200 gacha oshadi.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Yevropa komissiyasi O‘zbekistonga “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimi benefitsiari maqomini berish to‘g‘risida muddatidan oldin qaror qabul qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qilmoqda.

Jenshina pod zontom radom s flagom YeS - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston YeI “PBT+” imtiyozli tizimining benefitsiar mamlakati maqomini olmoqchi

Tegishli hujjat YeI Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen tomonidan imzolandi.

Ta’kidlanishicha, qaror Yevropa komissiyasi monitoring guruhlarining O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilish, mehnat standartlariga rioya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv sohasidagi 27 xalqaro konvensiya talablarini bajarayotgani to‘g‘risidagi hisobotlari asosida qabul qilindi.

“O‘tkazilgan tahlillarga asoslanib, Yevropa komissiyasi Respublikamiz “GSP+”da ishtirok etish mezonlariga muvofiq kelishi to‘g‘risidagi xulosaga keldi va uni ushbu tizimning benefitsiarlari ro‘yxatiga kiritishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Mazkur qaror endi ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Yevropa Kengashi va Yevropa parlamentiga havola etiladi. Qaror tasdiqlangandan so‘ng O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari o‘z mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilishda bir tomonlama tarif imtiyozlaridan foydalanishni boshlashlari mumkin bo‘ladi. Shunda, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari YeI mamlakatlariga eksport qilishlari mumkin bo‘lgan tovar pozitsiyalarining soni 6200 gacha oshadi.

Vazirlik mamlakatning “GSP+” benefitsiari maqomini olish eksportning barqaror o‘sishi va diversifikatsiyasi uchun mustahkam poydevor yaratishi, YeV  mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli savdo munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga xizmat qilishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi bozorlari uchun “GSP+” maqomini olish vazifasini qo‘ygan edi. O‘zbekiston iyun oyida benefitsiar mamlakat maqomini olish uchun rasmiy talabnoma yuborgan edi.

Yangiliklar lentasi
0