“Vektor” markazi rahbari pandemiya qachon tugashi haqida fikr bildirdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMoskva v period pandemii koronavirusa
Moskva v period pandemii koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Vektor” markazi rahbari direktori Rinat Maksutov koronavirus pandemiyasi 2021-yilda yakunlanadi deb hisoblaydi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi bosh direktori Rinat Maksutov koronavirus pandemiyasi 2021-yilda yakunlanadi deb hisoblaydi.

“Virus qoladi, lekin pandemiyaning o‘zi, albatta, ketadi. Ishonamanki, 2021-yilda”, - dedi u “Science Bar Hopping” onlayn festivalidagi chiqishi davomida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

53-ya Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Bill Geyts yangi pandemiya xavfi haqida ogohlantirdi

Maksutovning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya dunyo aholisining aksariyat qismi koronavirusni bosh kechirgan yoki vaksinalar tufayli yetarlicha jamoaviy immunitet shakllangandan so‘ng ortga qaytadi.

Pandemiya boshlangandan buyon dunyoda 63 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallandi, 1,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor”markazining “EpiVakKorona” vaksinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaksinasi ham ro‘yxatga olinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0