Bill Geyts yangi pandemiya xavfi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tish53-ya Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti. Den vtoroy
53-ya Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Microsoft asoschisi Bill Geyts dunyo yangi pandemiyaga duch kelishi mumkin deb aytdi. Microsoft asoschisi ta’kidlashicha, keyingi safar odamlar viruslarga qarshi turishga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan bo‘ladi.

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Microsoft asoschisi Bill Geyts dunyo yangi pandemiyaga duch kelishi mumkin deb aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Probirki s krovyu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: yangi holatlar

Aktrisa Rashida Jons va AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi ishtirokidagi podkastda milliarderga “haqiqatan ham dunyo yangi epidemiyani kutmoqdami?” degan savol berildi.

"Ha. Agar u yigirma yildan so‘ng yuz bersa, omadimiz kelgan bo‘ladi", - deb javob berdi u.

Geytsning ta’kidlashicha, muayan sharoitlarda bu avvalroq - uch yil ichida yuz berishi mumkin.

Shu bilan birga, Microsoft asoschisi ta’kidlashicha, keyingi safar odamlar viruslarga qarshi turishga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtga kelib insoniyat karantinga kirish algoritmlarini ishlab chiqqan bo‘ladi. Geyts shuningdek, potensial infeksiyani tashuvchilarni testdan o‘tkazish tizimilarining yaxshilanishiga umid bildirdi.

Avvalroq, Geyts qishda COVID-19 bilan vaziyat yomonlashishini taxmin qilgandi. U sovuq mavsumda odamlar uyda ko‘proq vaqt o‘tkazishini, ehtiyot choralarini ko‘rishdan charchaganini va virus faolroq tarqalishini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, vaksinalar ishlab chiqarish ko‘payganidan so‘ng vaziyat yaxshilanadi.

3-to‘lqin

BSST maxsus vakili Devid Nabarro koronavirusning uchinchi to‘lqini xavfi haqida ogohlantirgandi, uning fikriga qaraganda, Yevropa kelasi yil boshida unga duch kelishi mumkin.

Yevropa davlatlari ikkinchi to‘lqinning oldini ololmadi, garchi ular birinchisini jilovlashga muvaffaq bo‘lgandi.

“Agar ular hozirda zarur infratuzilmani qurmasalar, kelgusi yil boshida uchinchi to‘lqin bo‘ladi", - degan so‘zlarini keltirgan Badener Tagblatt.

Yangiliklar lentasi
0