Xitoy o‘z suverenitetiga xavf solayotgan davlatlarni "ko‘zsiz qoldirish" bilan po‘pisa qildi

© AFP / Philip PachecoFlag Kitaya
Flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gongkong ishlari faqat Xitoyning ichki ishi hisoblanadi, agar "Besh ko‘z" alyansi davlatlari Xitoyning suvereniteti va xavfsizligiga tahdid qiladigan bo‘lsa, ular "ko‘zsiz" qolishi mumkin - Xitoy TIV vakili.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Gongkong ishlari faqat Xitoyning ichki ishi hisoblanadi, agar "Besh ko‘z" alyansi davlatlari Xitoyning suvereniteti va xavfsizligiga tahdid qiladigan bo‘lsa, ular "ko‘zsiz" qolishi mumkin, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Liszan.

Vaksinatsiya  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Xitoy vaksinasining 3-faza sinovlari o‘tkaziladi - bu qanday kechadi?

Bundan avval Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Kanada tashqi ishlar vazirlari va AQSh davlat kotibining qo‘shma bayonotiga ko‘ra, Xitoy hukumatini Gonkong qonun chiqaruvchilarini diskvalifikatsiya qilish siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan edi. Besh davlat ma’lumotlarini almashish va muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida "Besh ko‘z" razvedka alyansiga kirgan.

"Ularning ko‘zi beshta yoki o‘nta bo‘lishidan qat’i nazar, agar ular Xitoyning suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanish manfaatlariga zarar yetkazishga jur’at etsa, ularning ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolishidan ehtiyot bo‘lishsin", - dedi diplomat.

Uning ta’kidlashicha, "Xitoy qat’iy noroziligini bildiradi va tegishli davlatlar tomonidan xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishiga, shuningdek Xitoyning ichki ishi bo‘lgan Gonkong masalasida ularning mas’uliyatsiz e’tirozlariga qat’iy qarshi chiqadi".

Diplomat Butunxitoy xalq vakillari kengashi Gonkong Qonunchilik kengashi a’zolarining malakasi to‘g‘risida konstitutsiya, Gonkong Asosiy qonuni va Gonkong milliy xavfsizlik qonunining tegishli qoidalariga muvofiq qaror qabul qilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "bitta mamlakat, ikkita tizim" tamoyilini saqlab qolish va takomillashtirish, Gonkongda qonun ustuvorligini va konstitutsiyaviy tuzumni ta’minlash uchun zarur.

Avvalroq, Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi yig‘ilishda Gonkong qonunchilik kengashi a’zolarining mandatlaridan zudlik bilan mahrum qilish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi, ularning harakatlari milliy xavfsizlikka tahdid sifatida qaralmoqda.

Yangiliklar lentasi
0