Toshkentda “Malibu” daraxtga borib urilib, yonib ketdi

CC0 / Unsplash / Flavio Gasperini / Gorashiy avtomobil. Illyustrativnoe foto
Gorashiy avtomobil. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi “Ramada” mehmonxonasi yaqinida “Malibu” avtomobili daraxtga borib urildi. “Malibu” haydovchisi va uning yo‘lovchisi qutqarib qolindi.

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Toshkentda “Malibu” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 28-noyabrdan 29-noyabrga o‘tar kechasi soat taxminan 3:40 larda Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi “Ramada” mehmonxonasi yaqinida ro‘y bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Malibu” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, mashina daraxtga urilgan. Avtoulovda 33 yoshli N.F. ham bo‘lgan.

O‘sha paytda ushbu yo‘nalishda harakatlanayotgan va avtohalokatga guvoh bo‘lgan haydovchilar “Malibu” haydovchisi va uning yo‘lovchisini qutqarib qolishgan hamda voqea guvohlaridan biri jabrlanganlarni o‘z mashinasida kasalxonaga olib borgan. Ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Tushenie pojara - Sputnik O‘zbekiston
“Tashkent City” hududida yong‘in chiqdi

Voqea joyida fuqaro Z.S. va N.F. lar avtomobildan chiqarilganidan so‘ng, “Malibu” motor bo‘linmasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda guvohlardan biri “101” tez yordam raqami orqali xabar bergan.

Yong‘in haqida soat 03:30 larda FVBga xabar berilgan. Yong‘in xavfsizligi xodimlari soat 03:54 da yong‘in to‘liq bartaraf etgan.       

Hozirda avtohalokat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, ayni paytda Internet tarmoqlarida voqea videolavhasi tarqalmoqda.

“Video muallifi vaziyatni to‘liq tushunmay, aftidan, jamoatchilik o‘rtasida norozilik keltirib chiqarish, huquqni muhofaza qilish idoralarini salbiy tomondan ko‘rsatish maqsadida, forma kiygan odamlarga asossiz da’volar bilan murojaat qilgan. Shu bilan birga, videoning taglavhasida forma kiygan odamlar go‘yoki O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari ekanligi aytilgan. Aslida esa, uyali telefon kamerasining obyektiviga yaqin atrofdagi  “Lokomotiv” parkining qo‘riqchilari tushib qolishgan”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0