TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. “Tashkent City” hududidagi qurilayotgan binolarning birida qurilish jihozlari saqlanayotgan 15 kv.metr maydonda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, 4 noyabr kuni soat 15:37 da Shayxontohur tumani Furqat koʻchasida qurilish ishlari olib borilayotgan “Tashkent City”ning 7-lotida 6 qavatli yangi qurilayotgan binoning 3-qavatida ishchi-xizmatchilarning vaqtincha foydalanayotgan omborxonasida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar FVB yongʻin oʻchirish ekipaji soat 15:42da voqea joyiga yetib borib, soat 15:52da toʻliq bartaraf etilgan.

Yongʻin oqibatida 15 kv. metr. maydonda ustalarning qurilish jihozlari zarar koʻrgan. Yongʻindan jarohat olgan hamda vafot etgan fuqarolar yoʻq.